Ulug‘lar yodi

Joriy yilning 9 - noyabr kuni "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti, 2 - kurs 6 - va 13- guruh talabalari va kurs dekan muovini A.Y Jurayev boshchiligida «O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi «Islom Abdug‘aniyevich Karimov muzeyi»ga tashrif buyurishdi.a

Oqsaroy majmuasida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovga tegishli bo‘lgan yuzlab muhim tarixiy hujjatlar, shaxsiy buyumlar, rasmlar, suratlar va videomateriallar ilk bor keng ommaga havola etilgan.

Ayni damda ushbu tashrif 2-6 (o'zbek) hamda 2-13 (rus) guruhlari talabalarida ijobiy taassurot qoldirdi. Keyingi axborot soatlarida vatanimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan Amir Temur muzeyiga borishni ham rejalashtirildi.

         Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov