Innovatsion texnologiyalarning joriy etish

Bugun “Yer resurslarini boshqarish” fakultetini “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi tomonidan “Ishlab chiqarishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish” mavzusida talaba yoshlar o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda “Geoinformkadastr” davlat unitar korxonasi bo‘lim boshlig‘i Shuxrat Yaxshiboyev va “Geoinformkadastr” davlat unitar korxonasi mutaxassisi Karimboyev Qobiljon, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari H.Eshova “Geodeziya va geoinformatika”  kafedrasi mudiri I.Musayev hamda kafedraning professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlar ishtirok etishdi.  Tadbirda ishtirok etgan talabalar mavzu yuzasidan  o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Tadbirda asosan zamonaviy geodezik asboblar, jumladan,  dronlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

YeRB fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha  dekan o‘rinbosari H.Eshova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov