Talabalarga bayram dasturxoni

Yangi yil yangi kuch – quvvatni talab etishini talabalarning tadbirdagi ishtirokidan ham anglab olish qiyin emas edi. Ustozlarning muruvvati talabalarning taʼlim-tarbiyaga eʼtibori yuqori boʻlishiga imkon tugʻdirishi tayin. Shuning uchun ham institutimiz pedagoglarining talabalarga, ularning bilim-saviyasi oshishiga va yashash sharoitlariga eʼtibori katta.

2019 yil 12 yanvar kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori Oʻ. Umurzakov va institut kasaba uyushmasining raisi F. Irisovlarning tashabbusi bilan institut talabalar turar joylarida yangi yil bayram dasturxoni tashkil etildi. Talabalarga bayram munosabati bilan osh tarqatildi. Ushbu bayram oshida qishki taʼtildan qaytgan “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti talabalari ham faol qatnashdi. Tadbir juda qiziqarli va maroqli boʻlib oʻtdi. Bu tadbirdan fakultetimiz talabalar turar joyida istiqomat qiladigan talabalarimiz juda ham xursand boʻlishdi va institut rektori hamda kasaba uyushmasining raisiga oʻz minnatdorchiliklarini bildirishdi.

YERB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan movini Hurriyat Eshova axboroti

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov