Oila - muqaddas maskan

Oila inson kamolotining bosh bo‘g‘ini, davlat tizimining eng muhim instituti, jamiyatimiz o‘zagi, negizidir. Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. Joriy yilning 15 yanvar kuni "Yer resurslarini boshqarish" fakultetida qarashli 1 talabalar turar joyida “Yoshlar o‘rtasida oilaning muqaddasligi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova, Geodeziya va geoinformatika kafedrasi o‘qituvchisi O‘.Islomov, TTJ derektori va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar har bir ota-ona farzand o‘stirar ekan, yaxshi niyatlar va ulkan maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yadi. Halollik, to‘g‘riso‘zlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, kamtarinlik kabi xislatlarni o‘zida mujassamlashtira olgan oilada sog‘lom muhitni va barqarorlikni yarata oladi. Uylanish va oila qurish iymon talablaridan biridir. Talabalar esa ota-onalarining ishonchini oqlab, yaxshi o‘qib, ertaga mustaqil yurtimiz uchun mard va jasur, komil inson bo‘lib shakllanish kerakligi e’tirof etildi.

YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov