Quvonch ulashib

Yangi yil bayrami necha asrlardan beri orziqib kutiladigan va sevib o`tkaziladigan bayramdir. Ayniqsa, ushbu bayramni bolajonlar orziqib kutishadi. 2018 - yil 27 - dekabr kuni “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti talabalari va professor o`qituvchilari hamda institut yoshlar ittifoqi faollari Respublika onkologiya markaziga “Yangi yil, bolalarga quvonch olib kel” shiori ostida bolalarni yangi yil bilan tabriklash maqsadida tashrif buyurishdi.

Xayriyadan maqsad Respublika onkologiya markazida davolanayotgan bolalarga yangi yil shukuhini va ozgina bo`lsa ham quvonch ulashish edi. Aziz do`stlar, axir dunyoda bolalarga quvonch ulashishdanda savobli va quvonchi ish yo`q! Ushbu aksiyani tashkillashtirishda institut yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor Q.Shavazov, YRB fakulteti yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan muovini H. Eshova hamda YRB fakulteti faol talabalari A. Dadabayeva va M. Sirojiddinova o`z ko`maklarini ayashmadi. Shu bilan bir qatorda ushbu savobli ishni amalga oshirayotganimizni eshitib, O`rikzor savdo majmuasidagi o`yinchoq dokoni sotuvchisi ham o`z hissasini qo`shdi. Ushbu aksiyaga o`z hissasini qo`shgan barcha-barchaga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

YRB fakulteti faollari Sh.Hamidullayev va Sh.Abduqodirov axboroti

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov