Navbatdagi amaliy dars

“Yer resurslarini boshqarish” fakulteti 3-bosqich 3-guruh talabalari “Tabiiy kartalarni loyihalash va tuzish” fanidan navbatdagi amaliy darsini “Markaziy Aerogeodeziya” korxonasida o`tkazishdi. Talabalar amaliyot o`qituvchisi Jo`rayev Abdulla boshchiligida korxona faoliyati va ishlab chiqarishdagi zamonaviy innovatsion yutuqlardan boxabar bo`lishdi.

Ishlab chiqarish va ta’lim integratsiyasi o`zaro bog`liqligini mustahkamlash maqsadida uyushtirilgan ushbu tashrif talabalarda katta qiziqish uyg`otdi. Korxonada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar talabalarga sohada qo`llanilayotgan ArcGIS, AutoCAD va Panorama dasturlari orqali kartalar ustida olib borilayotgan ishlarini ko`rsatib o`tishdi.

 Bu kabi uchrashuvlar talabalarda o`z sohasida olib borilayotgan amaliy ishlar va yangiliklar bilan tanishish hamda o`z sohasiga bo`lgan qiziqishini yanada oshiradi. Shu o`rinda “Markaziy Aerogeodeziya” korxonasi “Topogeodeziya va yerni masofadan zondlash” bo`limi boshlig`i Mirzayev Abdusattorxo`jaga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

YRB fakulteti dekan muovini  Jo`rayev Abdulla axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov