Til bilgan dil bilar

Til oʻrganishga bagʻishlangan oʻquv kurslari qaysidir maʼnoda oʻquvchilarni darsga qiziqtirishga va oʻrgatishga qaratilgani bilan oʻziga xos. “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti talabalari bilan “Investudy” oʻquv markaziga tashrif katta taassurotlarga boy boʻldi.

Talabalarning shaxsiy va akademik yutuqlarini rivojlantirish, chet tilini oʻrganishga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida 3 dekabr kuni “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti “Geodeziya, kartografiya va kadastr” taʼlim yoʻnalishi 2-kurs 5-guruh talabalari bilan “INVESTUDY” oʻquv markaziga tashrif buyurildi.

Oʻquv markazida talabalar ingliz tilini oʻrganish boʻyicha oʻquv kursi talablari bilan tanishdilar. Tanishuv jarayonida talabalar oʻquv markazi tomonidan tashkil etilgan test orqali oʻzlarining bilimlarini sinab koʻrishdi. Bundan tashqari talabalar uchun “Movie Club” ingliz tilida film ham namoyish etildi.

“Yer resurslarini boshqarish” fakulteti “Geodeziya, kartografiya va kadastr” taʼlim yoʻnalishi 2-kurs 5-guruh murabbiysi B.M.Uspankulov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov