Radikalizm, missionerlik va prozelitizm tahdidi

Bugun "Yer resurslarini boshqarish" fakultetida “Biz radikalizm, missionerlik va prozelitizmga qarshimiz” mavzusida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Kamolliddin Orif Buhoriy machitining imom moyili Qobulqori Toshpo‘latov  radikalizm, terrorizm va jangari ekstremizm mafkurasi haqida talaba-yoshlarga ma’lumotlar berib, ularga  nafaqat bir mamlakat yoki muayyan mintaqa doirasida keng tarqalayotgani, balki ushbu jarayon milliy chegara bilmasligi haqida gapirib o‘tdi.

Shu bilan birga, aynan shu sababli MDHga a’zo davlatlar hududida har qanday ko‘rinish va shakldagi terrorizm va ekstremizmga yo‘l qo‘ymaslik muhitini shakllantirish, ushbu xavfli tahdidlarning paydo bo‘lishi va tarqalishiga ko‘maklashadigan sabab sharoitlarni aniqlash, hamda bartaraf etish uchun birgalikda harakat qilish zarurligini va shu bilan birga, Islom dinining faqat yaxshilikni targ‘ib qilishi, unda qayd etilgan suralar, hadislar haqida gapirib o‘tdi.

Dinning maqsadi, asosiy omillari faqat insonlarni yaxshilikka chorlash, yomon illatlardan qaytarish ekaligini, ming afsuslar bo‘lsinki, tarixdanoq ko‘klarga ko‘tarilgan ota-bobolarimizdan bizga meros bo‘lib, o‘zgarmas an’analar, sobit qonun-qoidalar mezoniga qurilgan Islom dini hozirgi kunda ikki xil ko‘rinishga ma’rifiy va radikal deb nomlangan ikki tarmoqqa ajralganligini aytib o‘tdi. Shuningdek yoshlarni boshqa davlatlarda kechayotgan noxush voqealar hamda tartibsizliklardan voqif etish emas, balki o‘z tinchligimizning qadriga yetish, uni har qanday tahdidlardan asrab-avaylash ekanligini, har qanday urush begunoh aholining qiyinchiliklari va iztiroblari bilan tugashini, lekin bu kabi tartibsizliklarga ayrim kimsalar bundan faqat moddiy manfaat topish uchungina qo‘l uradilar. Biz bu tinchlikka osonlik bilan erishganimiz yo‘q shuning uchun endi uni qadrlashimiz, asrashimiz kerak va zarurligini, O‘zbekistonimizni asrash, uning tinchligini barqarorlashtirish esa yoshlarning qo‘lida ekanligini tushuntirib o‘tdi.

Shundan so‘ng tadbir so‘ngida fakultet dekani Sh.Narbaev hamda yoshlar bilan ishlash  bo‘yicha dekan muovini  H.Eshova yig‘ilgan barcha talabalarga Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini qadriga yetish, uning kelajagi bo‘lmish yoshlarni missionerlik, terrorizm, ekstremizm kabi yovuz illatlardan asrab-avaylash kerakligi  to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar berib o‘tdi. Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassis orqali javoblar olishdi. Tadbir juda qiziqarli bo‘lib o‘tdi.

            "Yer resurslari boshqarish" fakuletining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova axboroti

             Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov