Konstitutsiya – hayotimiz qomusi

Bugun “Yer resurslarini boshqarish” fakultetida professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida “Konstitutsiya – hayotimiz qomusi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent Davlat yuridik universitetidan yuridik fanlar nomzodi dotsent S. Niyozova, yuridik fanlar nomzodi dotsent Q.Rozimova, yuridik fanlar nomzodi dotsent A.Tadjibevna, Yer resurslarini boshqarish fakuteti dekani Sh.Narbaev, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova, fakultet professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar Konstitutsiya ona zaminimizda istiqomat qilayotgan, millati, dini, tilidan qat’i nazar, barcha uchun mustahkam himoya, ertangi kunimizni aniqlab beruvchi dasturilamal hujjat ekanligi ta’kidlandi. Bosh qomusimizda xalqimizning oliy maqsadi, irodasi o‘zining teran ifodasini topgan. Konstitutsiya asosida 1000 dan ortiq yangi qonun va 10 dan ortiq kodeks qabul qilindi.

Davra suhbatida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarga Konstitutsiyaning yaratilish tarixi, uning demokratik huquqiy davlat barpo etish va inson manfaatlarini ta’minlashdagi ahamiyati, Bosh qomusimizning xalqchilligi, xalqaro huquq normalariga mosligi, shu bilan birga, o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot berildi. Undan keyingi tadbir ham shu mavzuda bo‘lib bayramona tarzda musiqiy dasturga aylanib, raqs va kuylarga ulanib ketdi.

YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov