Mangulik muhri

2019-yil 30-yanvar kuni “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti 1-bosqich    5-guruh talabalari guruh murabbiyi S. Sharipov boshchiligida O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishdi. Buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimovning xotirasiga hurmat bajo keltirib, haykali poyiga gullar qo’yishdi.

Mustaqilligimiz asoschisi Islom Abdug’aniyevich Karimovning nomi yurtimiz tinchligi va farovonligi, Vatanimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan buyuk shaxs sifatida barchamizning qalbimizda abadiy muhrlanib qoladi.