“Trimble S3” elektron taxeometrda geodezik dala taqdiqot ishlari !!!
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti O‘quv ilmiy markazi hududida ekinlarni joylashish xaritasini tuzish va suvni o‘zi oqar tizimga o‘tkazish imkoniyatlari geodezik usullarni aniqlash va o‘quv ilmiy markazining yangi amaldagi joylashuvini aniqlash maqsadida 2018.01.26 kuni geodezik dala tadqiqot ishlari olib borildi. Unga ko‘ra zamonaviy “Trimble S3” markali elektron taxeometrda topografik s’yomka ishlari bajarildi. Dala tadqiqot ishlarida fakultetimizning professor o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari ishtirok etishdi, jumladan: Abduraxmonov S, Inamov A, Jurayev A, 3 kurs 5 guruh talabasi Mamadaliyev Zuxriddin, 2 kurs 7 guruh talabasi Sobirov Islombek.
“Yerdan foydalanish va Yer kadastri” fakulteti 106-guruh murabbiyi Jurayev A.Y malumoti