Bag‘rikeng shomahmudovlar

img

05.05.2023

Bag‘rikeng shomahmudovlar

Bugun “Yer resurslari va kadastr” fakulteti talaba - yoshlari guruh tyutorlari D. Egamova va O. Abdisamatovlar boshchiligida shahrimiz markazida Xalqlar do‘stligi saroyi oldida joylashgan Shomahmudovlar oilasiga bag‘ishlab o‘rnatilgan yodgorlik poyiga borishdi. Shomahmudovlar oilasi - insonparvarlikning yuksak namunasini ko‘rsatgan O‘zbek oilasidir.

2- jahon urushi davrida Toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudov va uning turmush o‘rtog‘i Bahri Akramovalar turli millatning qarovsiz va yetim qolgan 16 ta bolalarini farzandlikka olib, ta’lim - tarbiya bergan. Bunday bag‘rikeng, mehridaryo insonlarga doim ta’zimdamiz va minnatdormiz.      

    YeRK fakulteti tyutori D. Egamova axboroti