Muammo bu - imkoniyat

Joriy yilning 25 - mart kuni YeRB fakulteti 203-205 -guruh talabalari bilan fakultet tyutorlari S.Ibragimova, M.Vafoyeva va universitet psixologi M.K. Muxamedovalar "Mantiqiy fikrlash orqali muammolardan xalos bo'lish" mavzusida tadbir o'tkazishdi.

Tadbirda ishtirokchilarning muloqotmandliklarini, jamoada ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish, faolliklarini oshirish va mantiqiy fikrlash orqali muammmolardan xalos bo'lishga mo'ljallangan trening va mashg'ulotlar o'tkazildi.

Tadbir davomida “Parvozdagi g'ozlar”, “Bir yarimta tovuq”, “Yechimini top”, “Mening maqsadlarim” kabi o'yin mashg'ulotlari o'tkazildi.

Treningda YeRB fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini H.Eshova, YeRB fakulteti tyutorlari S.Ibragimova, M.Vafoyeva va barcha talabalar faol qatnashishdi.

 

Ayniqsa: Farrux, Toshpo'lat va Jahongirlar o'zlarining yuqori salohiyatlari bilan boshqa talabalarga yaqqol namuna bo'la olishdi.

O'tkazilgan tadbir barcha ishtirokchilarga ma'qul kelish bilan birgalikda ularning faolliklarini oshira oldi.