Odob axloq kodeksining mazmun mohiyati
Xotin - qizlarning jamiyatdagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalarda va mehnat turlaridagi faoliyatini kuchaytirishda, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, hamda jamoat ishlarini olib borish bugungi kunda ustuvor vazifalardan biridir. Bugungi o`tkazilgan tadbir ham aynan talaba - qizlarning huquqlarini muxofaza qilish, maʼnaviy, intellektual va kasbiy tajribasini, xuquqiy savodxonligini, madaniyatini oshirib borish bo`yicha o`tkazildi.
Unda Yer resurslarini boshqarish fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan muovini H.Eshova, “Yerdan foydalanish” kafedrasi katta o`qituvchisi Z.Xafizova, unversitet psihologi M.Muxamedova ishtirok etdi. Bugungi kunda talaba - qizlar oʼrtasida maʼnaviy va maʼrifiy ishlarni amalga oshirish, milliy va madaniy qadriyatlarimiz, dasturlarimiz asosida qizlarni har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalash bo`yicha bir qator tadbirlar, uchrashuvlar, seminarlar, o`tkazib kelinmoqda.
Ushbu tadbirda talaba-qizlarimizga “Odob axloq kodeksining mazmun mohiyati” to`g`risida tushuntirishlar olib borildi. Shunindek ushbu tadbirda iqtidorli qizlar tugaragini yulga qo’yish, iqtidorli qobiliyatli qizlarni Zulfiya nomidagi va boshqa nomdar davlat mukofotlariga tavsiya qilishda ishtirok etish bo`yicha qator taklif va tafsiyalar berildi.
Shu bilan bir qatorda oilada sog`lom turmush tarzini shakllantirish, zararli illatlardan yiroq boʼlish, talaba - qizlarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, onalik va bolalikni muxofaza qilish, talaba- qizlarning madaniyat va sportga boʼlgan qiziqishlarni oshirish bo`yicha ham tizimli ishlar rejalashtirildi.
“Yerdan foydalanish” kafedrasi katta o`qituvchisi Z.Xafizova axboroti