To'garaklar

“Davlat kadastrlari” kafedrasida “Yosh kadastrchilar” to‘garagi tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda 3-kurs “Kadastr (faoliyat turlari bo‘yicha) hamda  “Yer tuzish va yer kadastri” bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi talabalari jalb etilgan. To‘garak ishtirokchilari Davlat kadastrlari yagona tizimi tarkibiga kiruvchi 20 ta kadastr turi to‘g‘risida, ularning huquqiy asoslari, kadastr ishlarida qo‘llaniladigan zamonaviy texnologiyalar, dasturlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Kafedradagi barcha professor – o‘qituvchilar to‘garakga a’zo talabalarga biriktirilib, to‘garak ish rejasi, mashg‘ulotlarni olib borish grafigi tuzilgan. Mashg‘ulotlar grafigiga asosan to‘garak a’zolari uchun xaftaning juma kunlari 16:00 dan 18:00 gacha 5-binoning 202-xonasida mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. To‘garak mas’ul rahbari Davlat kadastrlari kafedrasi dotsenti, t.f.d., DSc., Q.Raxmonov, telefon raqam: +998(71) 237-09-68


 

“YOSH KADASTRCHILAR” TO‘GARAGINING DASTURI

T/r

To‘garak nomi

To‘garakning tasnifi

Ajratilgan soat

To‘garakni olib boruvchi

1

Yer kadastri

I-qism

Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni shakllantirish

36

Q.Raxmonov

M.Abduraximova

2

Yer kadastri

II- qism

Yer hisobini yuritish

36

Q.Raxmonov

M.Abduraximova

3

Yer kadastri

III- qism

Yerlarning miqdori va sifatini hisoblash

36

Q.Raxmonov

M.Abduraximova

4

Yer kadastri

IV- qism

Qishloq xoʻjaligi ekin yerlarining normativ qiymatini aniqlash

36

Oʻ.Muxtorov

J.Kubayev

5

Kadastr ishlarini GAT asosida shakllantirish

ArcGIS dasturida kadastr obyektlari maʼlumotlarini atributlar asosida shakllantirish

36

Oʻ.Muxtorov

Z.Abduraxmonov

6

Bino inshootlar kadastri

Bino inshootlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda kadastr bahosini shakllantirish

36

A.Ashurov

B.Uspankulov