Millat tanlamas illatlar

Ma’lumki, bugungi kunda odam savdosi dunyo xalqlarini tashvishga solayotgan jiddiy muammolardan biri bo‘lib, u hudud va chegara tanlamaydi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, har yili jahonda taxminan 2 million 800 ming kishi mazkur jinoyat qurboniga aylanmoqda. Afsuslanarlisi, jabrlanganlarning 80 foizini ayollar va bolalar tashkil etadi. Ayrim kishilarning ishonuvchanligi, yetarli huquqiy bilimga ega emasligi, bu jinoyatning ommalashuviga sabab bo‘lmoqda. Mazkur muammoning oldini olish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bugun institutning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Q.Shavazov, "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti dekani Sh.Narbaev, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova hamda institutning xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Hafizova tashabbusi bilan institutning katta anjumanlar zalida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar “Odam savdosi – mudhish jinoyatdir” hamda “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlar” mavzusida davra suhbati tashkil etishdi.

Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-o‘quvchilarni turli yot g‘oyalardan himoyalashning samarali uslublarini joriy etish, xususan, odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirishdan iboratdir. Tadbirda, Odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi ishchi guruhi a’zolari A.Ahmedov hamda F.Ahmedov, Mirzo Ulug‘bek tumani IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha mayor S.Tojiddinov, tuman Yoshlar ittifoqi kengashi raisi Z.Sa’dullaevlar so‘zga chiqib, ta’lim muassasalarida ma’naviy-axloqiy tarbiyaning samarali uslublarini joriy etish va talaba-o‘quvchilarni turli xil yot g‘oyalardan himoyalash, ular bugungi kunda odam savdosi va unga qarshi kurash eng dolzarb muammolardan biri ekanligini ta’kidlab, bizning asrimizga kelib odam savdosi global muammoga aylanib borayotganligi va u insoniyatga qarshi qaratilgan eng mudhish jinoyatlar safidan joy olgan.

Millionlab insonlarni o‘z domiga tortgan bu qabih jinoyatga qarshi bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida kurash olib borilmokda. Aholini ayniqsa, yoshlar odam savdosi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmasdan, har xil shaxslarning yolg‘on va’dalariga ishonib, odam savdosining qurboniga aylanib qolayotganligini OAV lari va interniet tarmoqlari orkali kuzatib boramiz. Buning oldini olish, talabalar-yoshlarni ogohlik va hushyorliklarini kuchaytirish maqsadida Ichki ishlar, prokuratura organlarining ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan bunday tadbirlarning ahamiyati juda muhimligi aytib o‘tildi.

Tadbirda ta’kidlandiki, bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin. Tobora kuchayib borayotgan bunday xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo‘lib yashashimiz zarur. Mamlakatimizning barqaror rivojlanishi yo‘lida olib borilayotgan islohlar aholining ong tafakkuridagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bunday tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o‘ylangan, puxta ilmiy asosda tashkil etilgan, muntazam va uzluksiz ravishda olib boriladigan ma’naviy tarbiya bilan javob berish mumkin. Shuningdek, Reproduktiv salomatlik markazi yetakchi mutaxassisi Z.Yuldasheva tomonidan “Erta nikoh va uning salbiy oqibatlari” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi. Davra suhbatida bahs-munozara va savol-javoblarga boy bo‘lib, mazkur mavzudagi tadbirlarni barcha fakultetlarda ham o‘tkazishga kelishib olindi.

"Yer resurslarini boshqarish" fakulteti dekan muovini H.Eshova axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov