Buyuk va suyuk yozuvchi

Qirgʻiz xalqi Chingiz Aytmatov bilan qay darajada faxrlansa, oʻzbek xalqi ham uni shu darajada eʼzozlaydi oʻz farzandidek suyadi, ardoqlaydi. 2018 yil 12 dekabr kuni “Buyuk adib va jamoat arbobi oʻzbek va qirgʻiz xalq yozuvchisi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligiga bagʻishlanib oʻtkazilgan tantanali tadbirda Bodomzor yoʻli koʻchasiga Chingiz Aytmatovning nomi berildi hamda shu koʻchada adib haykalining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti talabalari dekan, dekan oʻrinbosari va professor oʻqituvchilar faol ishtirok etishdi. Tadbirda bir guruh davlat arboblari, shoir va yozuvchilar, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Sirojiddin Sayyid, Prezident maslahatchisi, Bosh vazir oʻrinbosari xotin-qizlar qoʻmitasining raisi va ommaviy axborot vositasi xodimlari tashrif buyurishdi. Ushbu haykal ochilishida adibning ijodini qiziqish bilan sevib mutolaa qiladigan fakultetning 1 kurs 2 guruh talabalari guruh murabbiysi boshchiligida faol eshtirok etishdi.

YERB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov