22 mart – “BUTUNJAXON SUV KUNI”ga bag‘ishlangan "SUV MUAMMOSI – JAMIYAT MUAMMOSIDIR: UNING YECHIMI HECH KIMNING NAZARIDAN CHETTA QOLMASLIGI KERAK" shiori ostidagi tanlov va seminar tashkil etiladi

22 mart –“BUTUNJAXON SUV KUNI”ga bag‘ishlangan SUV MUAMMOSI – JAMIYAT MUAMMOSIDIR: UNING YECHIMI HECH KIMNING NAZARIDAN CHETTA QOLMASLIGI KERAK shiori ostidagi tanlov va seminar tashkil etiladi.

2020 yil 13 yanvar kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida va BMT Taraqqiyot dasturi va Yevropa Ittifoqining vakillari hamda Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor T.Sultanov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Saloxiddinovlar ishtrokida Xalqaro suv kuni tanlovini institutda yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha dastlabki muzokaralar olib borildi. Muzokaralar davomida Xalqaro suv kunini nishonlashning asil mazmun mohiyatini keng jamoatchilikga yetkazib berish. Tanlovlar doirasida talabalar qamrovini kengaytirish, ular tomonidan taqdim etiladigan yangi innovatsion ishlanmalar va muammo yechimlarining tadbiq etilishini qo‘llab quvvatlash, bundan tashqari tanlovga ommaviy axborot vositalarni jalb etish masalalariga oid tashkiliy ishlar yuzasidan xar ikkala tomon amalga oshiradigan ishlar rejasini kelishdi.

      

2020 yilda mazkur tanlov quydagi nominatsiyalar bo‘yicha tashkil etilishi rejalashtirilmoqda:

  1. “Suv – bu hayot” (Foto ko‘rgazma)
  2. “Xaroratning global isishini O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarishga ta’siri” (Debatы)
  3. “Iqlim o‘zgarish sharoitlarida suv resurslaridan foydalanishning innovatsion usullari ” (Bilimdonlar intellektual o‘yinlari)
  4. “Suv va iqlim” (Video - rolik)
  5. “Suv xo‘jaligi soxasida texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar ko‘rgazmasi” (maket va texnologiyalar ko‘rgazmasi)
  6. “Suv va iqlim o‘zgarishi” (Umumjaxon suv kuni uchun rasmiy seminar).

Shuningdek nominatsiyalar bo‘yicha 9 ta noutbuk, 12 ta planshet va 9 ta qattiq disklarni tanlov g‘oliblariga taqdim etilishi ko‘zda tutildi.