Fakultet yetakchilari saylandi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Yer resurslarini boshqarish” fakultetini bir guruh talabalari orasidan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining fakultet yetakchisi saylab olindi.

Mazkur saylov jarayonini fakultet dekani Z.Muqimov hamda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari X. Eshova olib bordi. Saylovni kirish so‘zlar bilan ochib bergan fakultet dekani o‘z nutqida, Yoshlar ittifoqi faoliyati bilan talabalarni yaqindan tanishtirdi va bugungi kundagi imtiyozlarini mazmun-mohiyatini tushuntirib berdi.

Shuningdek, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari so‘zga chiqib, har bir nomzodlarni o‘qib etshittirdi va bugungi kundagi Yoshlar ittifoqi tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish to‘g‘risida ham batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

Shundan so‘ng 2018-2019 o‘quv yili uchun Yoshlar ittifoqini fakultet yetakchisini, faol iqtidorli tashabbuskor  nomzodlar orasidan Shaxrom Abduqodirov ochiq ovoz berish yo‘li bilan eng ko‘p ovoz oldi va fakultet yetakchiligiga saylandi. 

YeRB fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari H.Eshova axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov