Sog'lom tan sog'lom aql bilan

Ertalabki badantarbiya insonni kun davomida tetik va xush kayifiyatda yurishini ta'minlaydi. Institutimizning ilmiy-o'quv markazida “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti 2 - kurs talabalari “Geodeziya” fanidan yozgi o'quv amaliyotida vaqtida ertalabki badantarbiya ishlari tashkil etildi. Ertalabki badantarbiya ishlarini tashkil etishda institutimizning Jismoniy tarbiya kafedrasi professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi. Ertalabki badantarbiya bilan shug'ullanishdan maqsad yoshlarga sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va talabalarning sportga bo'lgan qiziqishini yanada kuchaytirishdir.

 “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi o'qituvchisi O'tkir Islomov  axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov