14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni

O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 14 yanvarda qabul qilingan “Vatan himoyachilari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuniga binoan mamlakatimizda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni milliy bayram sifatida katta tantana bilan nishonlash o‘ziga xos an’anaga aylangan. Bu bejiz emas, albatta. Sizu bizning bugungidek tinch, xotirjam xayotimiz kurolli Kuchlarimiz tomonidan ishonchli tarzda ximoya kilinmokdaki, mana shunday mas’uliyatli burchni sidqidildan ado etayotgan, taraqqiyotimiz barqarorligiga kamarbasta bo‘layotgan o‘g‘lonlarimizni xar kancha e’zozlasak, ko‘kka ko‘tarsak, arziydi.

Bugun Yer resurslarini boshqarish fakultetida ham  shunday fidoiy insonlardan biri yurtimiz vatanimiz kelajagi tinchligi uchun xizmat qilgan bugungi kunda nafaqada, bir qator shogirtlar chiqargan Eshov Xurram Buriyevich bugun tadbirimiz mehmoni. Mehmonimiz Vatan, xalq, ajdodlarimiz, buyuk allomalarimizning shuhratini dunyoga tarannum etishda, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, har tomonlama yetuk, jismonan sog‘­lom, bilimli va fidoyi farzand qilib shakllantirish yo‘lida halq albatta o‘zining buyuk kelajagini barpo etishga qodir. Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan har bir insonning qalbiga Vatan tuyg‘usini singdirish, bir necha ming yillik moddiy va ma’naviy madaniyat maskanlaridan biri-ona O‘zbekistonimizning haqiqiy jonkuyari bo‘lishga erishish hozirgi kunning eng dolzarb vazifalaridandir. Ana shunday fidoyi farzandlar bor ekan, ertangi kunga ishonchimiz xam yuksalib boraveradi. Zero, birinchi prezidentimiz, alohida ta’kidlaganidek, «… bugungi kunda O‘zbekiston amalda o‘zining zamonaviy, ixcham va xarakatchan, yaxshi kurollangan, mamlakatimiz barkarorligi va xavfsizligini, sarxadlarimiz daxlsizligini, xalkimizning tinch va osoyishta xayotini ishonchli ximoya kilishga kodir bo‘lgan milliy armiyasiga ega, deb aytish uchun barcha asoslarimiz bor». deb talaba-yoshlarimizga ma’lumotlar berib o‘tdi.  

Biz ham harbiylarimizni ushbu muborak bayram bilan tabriklaymiz hamda ularga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sog‘liq-salomatlik tilab qolamiz. Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga to‘liq bo‘lsin. Vatanimiz osmoni doimo musaffo bo‘lishi uchun har doimgidek o‘z kuch-g‘ayratingizni ayamang!