Ajdodlar merosi- kelajak poydevori

Yosh avlodni ajdodlar merosi bilan tanishtirish, kelajakda o’z vataniga munosib farzand bo’lish, ajdodlarimiz bosib o’tgan yo’llarni yosh avlodga yetkazib berish maqsadida 2018 yil 30 yanvar kuni fakultetimiz 1-kurs 6-guruh talabalari guruh murabbiyi A. Jurayev boshchiligida "Temuriylar tarixi davlat muzeyi" xamda O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyirishdi.

Tashrif davomida “Temuriylar tarixi davlat muzeyi” yurtimiz tarixi, ajdodlarimiz boy merosini o’zida yorqin aks ettirgani bilan esda qolarli bo’ldi. Hamda Islom Karimov monumentini ziyorat qildilar va ular faoliyat yuritgan oqsaroy qarorgohi bilan tanishdilar.

“Yerdan foydalanish va yer kadastri” fakulteti 106-guruh murabbiyi Jurayev A.Y malumoti