Ilk Sharq Uyg‘onish davrining namoyondasi

 

Millatimizga xos ming yillik qadriyatlar, urf-odatlar, aqidayu an’analar borki, ular xalqimiz tomonidan yuksak qadrlanib, hurmat bilan amalga oshiriladi.Shulardan biri ziyoratgoxlarni aylanish, o’tmish bobokalonlarimiz qabrini ziyorat qilishdir. Shu maqsad ila fakultetimiz dekani boshchiligida professor-o’qituvchilar “Zangi ota” ziyoratgohiga 2018-yil 23-yanvar kuni tashrif buyurishdi.

 

XV asrga oid me’moriy yodgorlik hisoblangan Zangiota ziyoratgohi nafaqat Respublikamizda, balki O‘rta Osiyo mamlakatlari xalqlari orasida ma’lum va mashhurdir. Ilk Sharq Uyg‘onish davrining namoyondasi, o‘z zamonida hikmat va ma’naviyat, din va tasavvuf rivojiga katta hissa qo‘shgan mutasavvif va avliyo bobokalonlarimizdandir.