Zamonaviy innovatsion texnogiyalar ta’lim jarayonida

Har bir davrning  o‘z talab va taqozosi bor. Jahon fani, ta’limi kun sayin, soat sayin rivojlanib borayotgan ekan, demak, o‘ziga xos yangiliklar, zamonaviy ixtirolar ham mavjud bo‘lishi aniq. Eskicha  dars ta’limi bilan talabalarning ongu tafakkurida uyg‘onish hosil qilish qiyin. Shuning uchun ham zamon bilan hamqadam va hamnafaslik taraqqiyotning omilidir. “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti institut jamoasini yangi o‘quv yili bilan muborakbod etadi.

2018 yil 11 sentyabr kuni fakultetimizning “Geodeziya va geoinformatika” ta’lim yo‘nalishi 1 - kurs talabalariga “Geoinformkadastr” davlat unitar korxonasi mutaxassisi J. Rajabov tomonidan fakultet talabalari va professor-o‘qituvchilariga Yer monitoringini yuritishda innovatsion texnologiyalarni, uchuvchisiz uchish apparati - DRONni qo‘llash mavzusida mahorat maktabi  tashkil etildi. Trening mashqlarida fakultet dekani, professor-o‘qituvchilari va fakultet talabalari ham faol qatnashishdi.

“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi o‘qituvchilari S. N. Abduraxmonov va O‘. B. Muxtorovlar ma’lumoti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov