Xalqaro ko‘rgazmada talabalar ishtiroki

Ma’lumki, joriy yilning 20-22 - sentyabr kunlarida Poytaxtimizdagi  «Yoshlar ijod saroyi»da mamlakatimizdagi eng yirik «Ta’lim va mutaxassislik» XIX xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu ko‘rgazmada Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari insitutining “Yer resurslarini boshqarish” fakultetining bir guruh talabalari ishtirok etishdi. Ko‘rgazmada ishtirok etgan talabalar, Respublikamiz va dunyodagi yetakchi ta’lim muassasalarida mavjud bo‘lgan kasb va mutaxassislik yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishishdi, shu bilan birga hukumatimiz tomonidan ta’lim sohasida ular uchun yaratilgan imkoniyatlar keng targ‘ib qilindi. Shuningdek, bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida talabalarga ma’lumot berildi.

Shu bilan birga  ko‘rgazma doirasida  tashkil etilgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Men tanlagan oliygoh” tanlovi g‘oliblarini  taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazma juda qiziqarli darajada tashkil etildi unda ishtirok etgan talabalar, o‘zlari qiziqqan yo‘nalishlardan ro‘yxatdan o‘tishdi.

YeRB fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari H.Eshova axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov