Fakultet yangiliklari

Аbdulla Oripov oʼzbek adabiyotini yangi bosqichga koʼtargan noyob isteʼdod sohibi edi. Uning yuksak badiiy, teran falsafiy sheʼrlari xalqimizning koʼnglidan joy olgan.
05.05.2023

Bugun "Yer resurslari va kadastr" fakulteti 104-106 guruh talabalari uchun haqiqatdan xam serzavq, ajoyib kun bo‘ldi deb ayta olamiz. Sababi guruh tyutorlari A. Xayitova va D. Egamovalar boshchiligida talaba - yoshlar bilan Toshkent hayvonot bog‘iga, so‘ngra Botanika bog‘iga sayohat uyushtirdik.
30.04.2023

"Yer resurslari va kadastr" fakulteti 113 a guruh talabalari bilan “Motamsaro ona” haykali poyiga gul qo‘yildi. Ushbu me’moriy majmua 1999 yil O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov tashabbusi va rahbarligida barpo etilgan. Mangu alanga yodgorligi oldida "Motamsaro ona" haykali o‘rnatilgan.
03.05.2023

Bugun YeRK fakulteti 104- guruh talabalari bilan Shahidlar maydoniga tashrif uyushtirdik. Shahidlar xotirasi yodgorlik majmui - Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Bo‘zsuv kanali bo‘yida Amir Temur shoh ko‘chasi bo‘ylab joylashgan.
03.05.2023

Bugun “Yer resurslari va kadastr” fakulteti talaba - yoshlari guruh tyutorlari D. Egamova va O. Abdisamatovlar boshchiligida shahrimiz markazida Xalqlar do‘stligi saroyi oldida joylashgan Shomahmudovlar oilasiga bag‘ishlab o‘rnatilgan yodgorlik poyiga borishdi. Shomahmudovlar oilasi - insonparvarlikning yuksak namunasini ko‘rsatgan O‘zbek oilasidir.
05.05.2023

Bugun "Yer resurslari va kadastr" fakulteti 101 va 105 guruh talabalari bilan "Xotira va qadrlash kuni" munosabati tufayli universitetimiz hududida joylashgan Abdulla Oripov bog‘ida shoirning xotirasini yod etib talabalar bilan mushoira tashkillashtirdik.
09.05.2023