Fakultet yangiliklari
“G‘oyadan natijaga qadar”
Ushbu mavzudagi turkum uchrashuvlar davom etmoqda. Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar markazida yoshlarga bo‘lgan eʼtiborni kuchaytirilayotganligi bejiz emas. Shu maqsadda yoshlarni har tamonlama qo‘llab quvvatlash, talabalarning ilmiy salohiyati, qobilyatlarini oshirish hamda iqtidorli talabalarni soha bo‘yicha ilmiy yangilik va innovatsiyalarni yaratishga yo‘naltirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
20.02.2023
Tanlov g‘oliblari saralandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo'llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida"gi PF - 87 - sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash Milliy dasturi va unda qabul qilingan vazifalar, hamda universitetda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyottiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan har tomonlama namunali, o‘quv ilmiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy ishlardagi eng faol xotin-qizlarni aniqlash va rag‘batlantirish tajribalarini ommalashtirish maqsadida universitet miqyosida buyruq asosida dekabr oyida TIQXMMI-MTU - 2022 YIL-AYoLI” tanlovi o‘tkazildi.
21.02.2023
Nafosatga chulg‘angan bayram
Oilani ham, jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayzu barokat kiritadigan xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida moʼtabar onalarimiz, munis opa- singillarimizdir.
04.03.2023
“Ish beruvchi” hamkor tashkilotlar bilan uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tog‘risida”gi PQ-42-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish va universitet bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha ish beruvchi tashkilot va muassasalar bilan hamkorlik qilish rejasiga muvofiq “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi va Respublika aerogeodeziya markaziy, “Kartografiya” IIChDK hamkorligida universitetning 60722600– Geodeziya va geoinformatika va 60722700–Yerni masofaviy zondlashda innovatsion texnologiyalar bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan uchrashuv tashkil qilindi. Tadbirda Respublika aerogeodeziya markazi O‘quv amaliyot va tajriba bazasi bo‘limi boshlig‘i Ya.Xodjayev, “Kartografiya” IIChDK yetakchi mutaxassisi O.Abdullaev, universitetning “Marketing va talabalar amaliyoti” bo‘limi boshlig‘i X.Xayitov va “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi mudiri R.Oymatovlar ishtirok etishdi.
27.03.2023
Insholar tanlovidagi g‘oliblik
"Toshkent irrigatsiya va qishloq xòjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Мilliy tadqiqot universiteti "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti 109-guruh talabasi Ibroximov Jasurbek universitetimizda o'tkazilgan "Boburni anglash" mavzusidagi insholar tanlovida faxrli 1-òrinni olib fakultetimiz sharafini himoya qildilar.
02.04.2023
Bugungi yoshlar-Mirzo Ulugʻbek vorislari
Mirzo Ulugʻbek vorislari" tanlovida "Toshkent Irrigatsiya va Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" "Milliy Tadqiqot Universiteti" YRK fakulteti "Hududlar Davlat Kadastri" yoʻnalishi 109-guruh talabasi Oʻrolov Bekzod Oʻktam oʻgʻli IQ testda ishtirok etib eng yuqori ballni oldi va Sirdaryo viloyati Xovos tumanida oʻtkazilgan 1-bosqichda faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritib keyingi viloyat bosqichiga yoʻllanma oldi.
04.04.2023
Konstitutsiya hammamizniki
Bugun "Yer resurslarini boshqarish" fakultetida umumxalq referendumi kun tartibiga kiritilgan “Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi targʼibotiga bagʼishlangan “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya oʼzimizniki!” shiori hamda "Konstitutsiyada Oliy taʼlimga berilgan imkoniyatlar" mavzusida tadbir oʼtkazildi.
07.04.2023
Konstitutsiyada yoshlarga berilgan imkoniyatlar
Bugun yurtimizda yoshlarni har jihatdan qoʼllab-quvvatlash davlat siyosati darajasiga koʼtarilib, yangilanayotgan Konstitutsiyada ham koʼplab soha va yoʼnalishlar qatorida yoshlar masalasiga alohida ustuvorlik berilgan.
13.04.2023
"To‘da"dagi ulfatlarning kulfati
Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi ta’lim va tarbiya jarayoniga o‘zining ijobiy va ijodiy ta’sirini o‘tkazishi, shubhasiz. TIQXMMI - Milliy tadqiqot universitetining faol, iqtidorli talabalari maxsus avtobus bilan O‘zbekiston Davlat San’at va madaniyat institutining o‘quv teatriga borishdi.
11.04.2023
"Yilning eng namunali mahalla yetakchisi" ko‘rik - tanlovi
О'zining shaxsiy fazilatlari bilan yoshlarga namuna bo'layotgan va ularga yetakchilik qilayotgan mahallalardagi yoshlar yetakchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bugun "Yilning eng namunali mahalla yetakchisi" tanlovi Respublikada ilk marta tashkil etildi. Unda "TIQXMMI"MTU ning "Yer resurslari va kadastr" fakulteti talaba-yoshlari ham faol ishtirok etishdi.
15.04.2023
Konstitutsiyada ayollarga berilgan imkoniyatlar
Ayollar haqida koʻp ulugʻ soʻzlar aytilgan va aytiladi. Ammo hayotda opa-singillarimiz shu ulugʻ soʻzlardagi kabi eʼzoz koʻrmoqdami? Konstitutsiyamizni sinchiklab oʻqisangiz, ayollar qadr-qimmati, huquqlari himoyasi boʻyicha juda insoniy meʼyorlar belgilangan. Bugun turmushda ular roʻyobga chiqmoqdami? Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun arafasida bu kabi savollar haqida chuqur oʻylash ayni muddao boʻladi.
15.04.2023
Xalqaro bo‘lim bilan hamkorlik
Bugungi kunda xalqaro standartlarga mos o’quv jarayonining so’ngi yutuqlaridan foydalanish dolzarb muammolardan sanaladi. “Yer resurslari va kadastr” fakultetida 3 kurs talaba-yoshlari o'rtasida ilmiy-tadqiqot ishlarida jahon tajribasidan samarali foydalanish maqsadida "Xalqaro bo'lim bilan hamkorlikda" tadbir bo'lib otdi.
15.04.2023
Amir Temur xiyoboni va muzeyiga tashrif
9 aprel Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kunning 687 yilligi munosabati bilan YeRB fakulteti 1 - bosqich talabalari tyutorlar A. Xayitova va D. Egamovalar boshchiligida shahrimizning markazida joylashgan Amir Temur xiyoboni va muzeyiga tashrif uyushtirishdi.
14.04.2023
22 aprel- Butunjahon yer kuni
Yer umummilliy boylik, uni asrab-avaylash barchamizning burchimizdir. “22-aprel – Butunjahon yer kuni” munosabati bilan joriy yilning 18 va 21-aprel kunlari universitetimizda “Oʼzbekistonda yer resurslarini boshqarishning innovatsion yondashuvlar, istiqbol va vazifalar” mavzusida ilmiy amaliy seminar hamda iqtidorli talaba-yoshlar oʼrtasida turli tanlovlar va koʼrgazmalarga start birildi.
20.04.2023
Ish beruvchi korxonalar bilan uchrashuv
2023 - yil 14-aprel kuni “Yer resurlari va kadastr” fakulg’tetida ish beruvchi korxonalar bilan uchrashu bo‘lib o’tdi. Ya’ni O’zbekiston Respublikasining 2021-yil 10-dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-42-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Kadastr va geoinformatika tarmoqlarini universitet bitiruvchilarining intellektual salohiyatlaridan foydalangan holda korxona va tashkilotlar tomonidan qo’yiladigan talab va takliflarni o’rganish maqsadida qo’yidagi korxonalardan ish beruvchilar, ya’ni “O’zdaverloyiha” Davlat ilmiy loyihalash institutidan M.Abdullaeva, I.Akramov, “O’rmonloyihalash ” institutidan L.Ismanov, “Tuproq tarkibi repozitoriyasi sifat tahlili markazidan” J.Dehqonov, Toshkent shahar kadastr agentligidan Fatxiyevalar va kafedra professor-o’qituvchilari tashrif buyurishdi.
16.04.2023
OTА- ONАLАR YIGʼILIShI
Joriy yilning 18 aprel kuni “Yer resurslari va kadastr” fakultetida ota-onalar va taʼlim muassasasi hamkorligini yanada rivojlantirish, talabalar maʼnaviy dunyoqarashini kengaytirish, taʼlim tizimida amalga oshirilgan islohotlar toʼgʼrisida ota-onalarga m
17.04.2023
Sport - sogliq garovi
Barchamiz juda yaxshi bilamizki sport bilan muntazam shug‘ullanish insonni jismonan chiniqtirish bilan birga, ruhiy jihatdan ham irodasini mustahkamlaydi. Ayniqsa, talaba-yoshlar uchun sportning har qanday turining ahamiyati juda katta. Bugun “Yer resurslari va kadastr" fakulteti talaba-yoshlari ortasida otkazilgan sportni mini futbol, stol tennisi, basketbol, voleybol, shashka-shaxmat turlari boyicha 1-2-3-bosqich talaba-yoshlari “Rektor kubogi”ga saralash musobaqalari tashkillashtirildi. Bunda Universitet rektorining, “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi”ning, shuningdek, “Jismoniy tarbiya” kafedrasining e’tibor markazida.
25.04.2023
G‘alaba bog‘i“ va "Shon-sharaf" muzeyiga sayohat
YeRK fakulteti 104 - guruh talabalari bilan “G‘alaba bog‘i“ yodgorlik majmuasiga va Shon-sharaf muzeyiga sayohat uyushtirdik.
25.04.2023
Faol talabalar ragʼbatlantirildi
Jahon hamjamiyatida va mamlakatimizda “22 aprel - Butun jahon yer kuni” alohida eʼtirof etilgan holda universitetimizda hamda sohadagi turli tashkilotlarda anʼanaviy tarzda har yili nishonlanib kelinadi. Bu kunni nishonlashdan asosiy maqsad - Ona yerimizni asrashga odamlar eʼtiborini qaratish bilan bir qatorda oʼsib kelayotgan yosh avlodda tabiatga mehr - muhabbat uygʼotish, atrof - muhitga boʼlgan mas'uliyatini hamda yer yuzida kechayotgan hodisalarga befarq boʼlmaslik tuygʼusini shakllantirishdan iborat.
26.04.2023
“Butunjahon Yer kuni” dagi muvaffaqiyat
Sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish mutaxassislardan bilim va salohiyat talab qiladi. Yurtimizda yoshlarni davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar dunyo jamoatchiligi tomonidan e’tirof etilmoqda.
26.04.2023