Fakultet yangiliklari
“Tashabbuskor, doʼst, hamfikrmiz, dugonajon” shiori bilan
Kuni kecha unversitetimizda “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan “Tashabbuskor, doʼst, hamfikrmiz, dugonajon” shiori ostida ijodiy kecha oʼtkazildi. Unda Unversitet, Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi Z.Karabaeva, xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchilari, "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti dekani Sh.Narbaev, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini, “Olima ayollar” klubi aʼzolari, fakultetlat tyutorlar hamda talaba-qizlari ishtirok etishdi.
12.10.2022
Xotira – ertani yorituvchi nur
Joriy yilning 13 oktyabr kuni YeRB fakulteti 4-kurs 409 guruh talabalari ishtirokida universitet psixologi M.K.Muxamedova va YeRB fakulteti katta o'qituvchisi, 409 guruh kuratori Z.Hafizovalar hamkorlikda “Xotirani kuchaytirish sirlari” mavzusida seminar trening tashkil etishdi.
14.10.2022
Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish
Bugun "Yer resurslarini boshqarish" fakultetida 1kurs talaba-yoshlar oʼrtasida turli yot gʼoyalardan himoyalashning samarali uslublari va uning zararli oqibatlarini keng yoritish, talabalarning huquqiy bilimlarini oshirish, ular tomonidan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning sodir etilishining oldini olish hamda maʼnaviy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida huquq-targʼibot organlari bilan hamkorlikda fakultet dekani Sh.Narbaev, Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova, va fakultet tyutorlari tashabbusi bilan “Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilik, zoʼravonlikka qarshi kurashish” mavzusida tadbir oʼtkazildi.
15.10.2022
Ulug' san'atkor ayol
Kuni kecha YeRB fakulteti 107-guruh tyutori Egamova Dilbar boshchiligida o‘zbek raqqosasi Tamaraxonim muzeyiga tashrif buyurildi. Toshkent markazida, turar-joy binolari va biznes markazlari ortidagi shovqinli yo‘ldan uncha uzoq bo‘lmagan joyda O‘zbekistonning taniqli ayollaridan biri Tamaraxonimga bag‘ishlangan muzey joylashgan. Uy-muzey ushbu buyuk xonanda va raqqosa nomidagi ko‘chada joylashgan bo‘lib, u umrining so‘nggi yillarini shu yerda o‘tkazgan.
15.10.2022
Oila tinch — yurt tinch
Joriy yilning 20 oktabr kuni YeRB fakulteti 4-kurs 409 guruh talabalari ishtirokida universitet psixologi M.K.Muxamedova va YeRB fakulteti katta o'qituvchisi, 409- guruh kuratori Z.Hafizovalar hamkorlikda talabalarni oilaga tayyorlash, oila va oilaviy munosabatlarni pozitiv tomonga o'zgartirishga doir maxsus chora-tadbirlarni tashkil etish maqsadida “Oila — qo'sh ustunli ayvon” mavzusida seminar trening tashkil etishdi.
21.10.2022
"Adiblar xiyoboni" ga tashrif
21 oktyabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan YeRB-102 - guruh talabalari bilan ADIBLAR XIYOBONIga sayohat uyushtirdik.
22.10.2022
Ta’lim va tarbiya jarayonini takomillashtirish
Davlatimiz rahbarining shu yil 6 noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ta’lim sohasidagi keng ko‘lamli islohotlarni yangi bosqichga ko‘tardi. Ushbu hujjat, ayniqsa, maktab va oliy ta’lim muassasalari hamkorligini rivojlantirish, ular o‘rtasidagi integratsiyani yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
23.10.2022
Rejadan tashqaridagi o‘ylar
eRB-113 guruh talabalarining xohishiga binoan "Adiblar xiyoboni"ga rejadan tashqari sayohat uyushtirildi.
27.10.2022
Milliy kutubxonaga tashrif
2022-yil 26 - oktabr kuni YeRB fakultetining 105-106 - guruh talabalari tyutor A.Xaitova boshchiligida A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaga tashrif buyurishdi. Talabalarimiz Kutubxonaga a'zo bo'lishi bilan bir qatorda ma'naviy dunyoqarashi shakllanishiga yordam beradi. Talabalarimizda yana bir bora kitobga bo'lgan qiziqishi oshdi desam mubolag'a bo‘lmaydi.
28.10.2022
Bog‘ dillarni bog‘laydi
YeRB-101 guruh talabalari bilan "Yangi O‘zbekiston" bog‘iga sayohat uyushtirdik. Juda katta maydonni egallagan bu bog‘ haqiqatdan juda go‘zal barpo etilgan. U yerdagi chet eldan keltirilgan har xil daraxtlar, rang - barang gullar bog‘ga o‘zgacha chiroy va tarovat bag‘ishlab turibdi. Bu ko‘ngilochar bog‘ hammamizga birdek manzur bo‘ldi.
29.10.2022
Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!
Bugungi kunda xotin-qizlarni zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka doir murosasizlik muhitini yaratish uchun chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mamlakatimizda xotin-qizlarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga oid bir qator xalqaro hujjatlar radifikatsiya qilindi.
31.10.2022
“NEVOTAG” IT o'quv markaziga tashrif
Universitetimizning "Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti va "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti bilan hamkorlikda 5 muhim tashabbusdan 3-tashabbusning bajarilishini ta'minlash maqsadida talabalarning “NEVOTAG” IT o'quv markaziga tashrifi uyushtirildi.
01.11.2022
Oʻzbekning buyuk farzandini xotirlab
Bugun "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti SXTE va B, YERB, GTQ, QSXET, GM fakultetlarining faol, iqtidorli va ijodkor talabalarining “Аdiblar xiyoboni”ga tashrifi uyushtirildi. Tashrifdan asosiy maqsad 5-noyabr O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi muallifi Abdulla Oripov vafot etgan kunda shoirni xotirlashdir.
07.11.2022
Turmush tarzi fikrlash tarzidan boshlanadi
Joriy yilning 7- 9 noyabr kunlari YeRB fakulteti 104-109-113guruh talabalari bilan universitet psixologi M.K.Muxamedova va YeRB fakulteti tyutori D. Egamovalar hamkorlikda “Bir qolipda fikrlashdan qutulish, ichki ruhiy holat va fikrlarni nazorat qilish” mavzusida seminar trening tashkil etishdi.
09.11.2022
Dilmurod Аkbarov bilan uchrashuv
Har bir millat taqdirini uning bilimdon, tashabbuskor yoshlari belgilab beradi.
09.11.2022
"Huquq sohasiga kirish hamda kasbiy mahoratni rivojlantirish" mavzusida mehmon ma'ruza bo'lib o'tdi
Joriy yilning 10-noyabr kuni “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida "Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari" kafedrasi katta o'qituvchisi F.Tashev tomonidan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti" talabalari uchun "Huquq sohasiga kirish hamda kasbiy mahoratni rivojlantirish" mavzusida mehmon ma'ruza tashkil etildi.
11.11.2022
Ijaragirlarning sharoiti qanday?
"Yer resurslarini boshqarish" fakulteti dekani Sh. Narbaev boshchiligida fakultetga biriktirilgan tyutorlari, guruh murabbiylari ijarada yashovchi barcha talabalar holidan xabar olishdi. Barcha hududlarda ijarada va yaqin qarindoshnikida yashayotgan talabalar boʼyicha oʼrganish tizimi joriy qilinib, barcha mas'ullar oʼzlariga biriktirilgan hudud, qizil hududni oʼrganishdan boshlashdi. Dekan, shuningdek, yoshlar boʼyicha dekan muovini tomonidan talabalarning yashash sharoitlarini tahlil qilinib, ularni oʼz holiga tashlab qoʼymaslik, ular doimo nazoratdaligi taʼkidlandi.
11.11.2022
Zakovat intellektual oʼyini
Yer resurslarini boshqarish fakultetida yoshlarning boʼsh vaqtini mazmunli oʼtkazish maqsadida bugun "Zakovat intellektual o'yini" bo`lib o`tdi. Ushbu tadbir Unversitet yoshlar ittifoqi boshlangʼich tashkiloti yetakchisi X.Tojiev, “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti yoshlar ittifoqi boshlangʼich tashkiloti yetakchisi Z.Abduraimovlar va "Zakovat" intellektual oʼyinining tashkilotchisi fakultet Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovni H.Eshova hamda fakultet tyutrlari S.Ibragimova, Z.Xayitova D.Egamova hamkorligi otkazildi.
11.11.2022
Tasavvurlar olamiga sayohat
"TIQXMMI" MTU YeRB fakulteti 107-guruh talabalari bilan universitet psixologi M.K.Muhammedova va YeRB fakulteti tyutori D. Egamovalar hamkorlikda “Tasavvurlarni kuchaytirish orqali ijodkorlik xususiyatini o'stirish” mavzusida seminar trening tashkil etishdi.
15.11.2022
Muqaddassan, Vatan bayrog'i!
Joriy yilning 18 noyabr kuni 3-TTJ, YeRB fakulteti talaba qizlari bilan Xotin-qizlar maslahat kengashi a'zolari tomonidan "Mag'rur hilpirayver yurtim bayrog'i!" shiori ostida tadbir tashkil etildi. Tadbirni YeRB fakulteti katta o'qituvchisi, YeRB fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahat kengashi raisi Z.Hafizova o'z kirish so'zi bilan ochib, davlat bayrog'i to'g'risida yig'ilish ishtirokchilariga qiziqarli ma'lumotlar berib o'tdi,
21.11.2022