Fakultet yangiliklari

“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi professor-oʼqituvchilari Moskva Davlat yer tuzish universitetida safarda “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi professor-oʼqituvchilari Moskva Davlat yer tuzish universitetida safarda
 “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi mudiri Rustam Oymatov va kafedra dotsenti Sarvar Аbduraxmonovlar Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi rejasi hamda Rossiyaning hamkor universitetlari bilan tuzilgan shartnomalarga asosan 2022 yil 10 noyabrdan 10 dekabrgacha boʼlgan davrda Moskva davlat yer tuzish universiteti va Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti (MIIGАiK)da stajirovka oʼtashmoqda.
Is gazidan zaharlanmaslik uchun nima qilish kerak? Is gazidan zaharlanmaslik uchun nima qilish kerak?
Bugun "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti maʼruzalar zalida fakultet dekani Sh.Narbayev dekan muovini H.Eshova va fakultet tyutri S.Ibragimova tashabbusi bilan “Is gazidan zaharlanishning oldini olish” boʼyicha tadbir oʼtkazildi.
Kasb-hunar – kelajak poydevori Kasb-hunar – kelajak poydevori
Joriy yilning 30 noyabr kuni TIQXMMI MTU psixologi M.K.Muhammedova va YeRB fakulteti tyutori D. Egamovalar hamkorlikda xotin-qizlar o'rtasida ma'naviy-axloqiy tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishga yo'naltirilgan ijodiy, kasbiy, badiiy to'garak-klublar faoliyatini yanada kuchaytirish bo'yicha tadbirlar tashkil etish va qat'iy nazoratga olish maqsadida YeRB,GTS fakulteti talaba qizlari bilan “Hunardan rizqing unar” mavzusida seminar trening tashkil etishdi.
Saxovatpeshalik - olihimmatlik belgisi Saxovatpeshalik - olihimmatlik belgisi
Inson fikrlashi bilan jonzotlardan farq qiladi, degan gapni koʼp bor eshitganmiz. Uning ezgulikka yoʼgʼrilgan hissiyot qoʼrgʼoni - yuragi urib tutar ekan, yaxshilik va ezgulik qilishdan, mehr-saxovat ulashishdan charchamaydi. Xalqimizga xos insoniylik, saxovatpeshalik va bagʼrikenglik 3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan uyushtirilayotgan tadbirlarda oʼz aksini topdi.
Tartib tozalikdan boshlanadi Tartib tozalikdan boshlanadi
"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universitetining YeRB fakulteti dekani Sh.Narbaev boshchiligida 5 TTJGA  dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar O Abdisamatov, A. Xaitovalar tashrif buyurishdi. 
Musiqa – bu energiya oqimi Musiqa – bu energiya oqimi
Joriy yilning 8-dekabr kuni GTQ, YeRB fakultet 1-kurs talabalari bilan universitet psixologi va Xor jamoasi rahbari M.K.Muhammedova, YeRB, GTQ fakulteti tyutorlari D.Egamova, O.Abdisamatov, S.Ibragimova, A.Xaydarov, D.Xursandova va YeRB fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari H. Eshovalar hamkorlikda “Musiqaning inson ruhiyatiga yetti foydali xususiyatlari” mavzusida tadbir tashkil etishdi. Tadbir musiqa terapiya va vokaloterapiya orqali turli ruhiy zo'riqishlardan himoyalanish; Stress, agressiya va depressiyani oldini olish; Kreativlik qobiliyatini o'stirish, shaxsning iqtidorini shakllantirish  va ijodiy imkoniyatlarini oshirish; Ijtimoiy  muhitga moslashtirish va talaba yoshlarning  bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida o'tkazildi. Tadbirda musiqa bu – energiya oqimi ekani, musiqa bizning his-tuyg'ularimizni, ongimizni va kayfiyatimizni boshqarish xususiyatiga ega ekani; shu jumladan musiqani yaxshilik uchun ham yovuzlik uchun ham birdek ishlatish mumkinligi; Musiqa sivilizatsiyaning taraqqiyot yo'nalishini belgilab beruvchi omil ekani; Insonni juda murakkab va noyob sozlangan musiqa asbobi bilan solishtirish mumkinligi haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi.
“Yillar armoni”ni ko’rib “Yillar armoni”ni ko’rib
 Joriy yilning 6 - 7-dekabr kunlarida Oʼzbekiston davlat drama teatrida  Oʼzbekiston xalq shoiri,  Oʼzbekiston qahramoni Аbdulla Oripovning 80 yilligiga bagʼishlangan, dramaturg Uchqun Oʼsarov qalamiga mansub, yosh,  iqtidorli rejissor Rasuljon Togʼayqulov tomonidan sahnalashtirilgan "Yillar armoni" spektakli boʼlib oʼtdi. Ushbu spektaklda unversitetimizning bir qator fakultetlari talabalari ishtirok etishdi.
«Afv» badiiy filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi «Afv» badiiy filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi
«Afv» badiiy filmi premyerasi bo‘lib o‘tdiMazkur kinokartina real voqealarga asoslangan bo‘lib, turli jinoyatlar bilan qamalgan hamda yurtboshimiz tomonidan afv etilgan shaxslarning hayoti va taqdiri haqida hikoya qiladi.
Muzeylar bo‘ylab sayohat Muzeylar bo‘ylab sayohat
Muzeylar xayolot olamini tarix sari yetaklaydi. Qishki ta’til oldidan  YeRB-109 guruh talabalari  bilan muzeylar bo‘ylab sayohat uyushtirdik.
Sportga hamroh va hamroz ustozlar zavqi Sportga hamroh va hamroz ustozlar zavqi
Tan sihatligi, fan va ta’lim sifati uyg‘unlashgandagina vatan taraqqiyoti haqida so‘z yarashadi. Jismonan sog‘lom va intellektual jihatdan yetuk jamoalar mamlakatimizning istiqbolini belgilashi tayin. Shunday ekan, ta’lim jarayoniga e’tibor yuqori bo‘lgani kabi Sportga munosabat ham ta’lim muassasamizda alohida ahamiyat kasb etadi. 
Iqtidorli talabalar bilan uchrashuv Iqtidorli talabalar bilan uchrashuv
Bugun "Yer resurslarini boshqarish" fakultetining iqtidorli va isteʼdodli talabalari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi. Ushbu tadbirni maqsadi, iqtidorli va intiluvchan yoshlarni Prezident va nomdor stipendiyalar hamda turli tanlovlar bilan tanishtirish, yoshlarda bu yoʼnalishda motivatsiya uygʼotishdan iboratdir.
"Nevatak" o'quy markaziga tashrif "Nevatak" o'quy markaziga tashrif
Joriy yilning 31 - yanvar kuni "Yer resurslarini boshqarish" hamda "Gidrotexnika qurilishi" fakultetlari talaba-yoshlarini poytaxtimiz markazi Mirobod tumani Sayilgoh ko’chasiga joylashgan "Nevatak" o'quy markazida tashrif buyurishdi.
Qishning so‘nggi oyi boshida Qishning so‘nggi oyi boshida
Joriy yilning 1 fevral kuni YeRB fakulteti 109-guruh talabalari bilan qishning anomal sovuq kunlaridan keyin uzoq cho‘zilgan qishki ta’tildan so‘ng go‘zal poytaxtimizni qolaversa, oliygohni sog‘ingan talabalar bilan shahrimiz markazida joylashgan sohibqiron Amir Temur maydoniga va muzeyiga sayohat uyushtirdik.
Psixotrop hab dorilarni isteʼmol qilishning oldini olish va korruptsiya qarshi kurashish Psixotrop hab dorilarni isteʼmol qilishning oldini olish va korruptsiya qarshi kurashish
Bugun “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti maʼruzalar zalida birinchi kurs talaba-yoshlar oʼrtasida turli yot gʼoyalardan himoyalash, yoshlar oʼrtasida anʼanaviy giyohvand moddalar hamda psixotrop tabletkalarni isteʼmol qilishning oldini olish boʼyicha tadbir o`tkazildi
Yer sharini “Bebaho maketi” Yer sharini “Bebaho maketi”
Xalqimizda “ming marta eshitgandan bir bora ko‘rgan afzal” degan ibora bor. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU “Geografiya va tabiiy resurslar” fakultetidagi Toshkent relyefli-landshaftli globusga nisbatan buni qo’llash mumkin.
Oilaga tayyorlashning ahamiyati Oilaga tayyorlashning ahamiyati
Bugun "Yer resurslari va kadastr" fakulteti dekan maslahatchisi Z.Hafizova, fakultet tyutorlari 3 -Talabalar turar joyida turadigan talaba-qizlarga oilaviy hayotga tayyorlashda ahamiyatga ega boʼlgan va qizlar bilishi zarur boʼlgan maʼlumotlarni berishdi. 
Ziyoratdagi ma'rifat Ziyoratdagi ma'rifat
Zangiota (“qora ota”) – shayx terisining rangi tufayli xalq orasida olgan taxallusidir. Bu buyuk soʼfiy hayot davridayoq (XII asr oxiri – XIII asr boshlari) juda mashhur boʼlib, kelib chiqishi taniqli arab urugʼidan boʼlgan.
"Аdiblar xiyoboni"ga sayr "Аdiblar xiyoboni"ga sayr
Bugun poytaxtimizdagi "Аdiblar xiyoboni"da buyuk shoir va mutafakkir Аlisher Navoiyning 582 yilligiga bagʼishlangan tadbir boʼlib oʼtdi. Unda ilm-fan namoyondalari, ziyolilar, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, adabiyotshunos olimlar, barcha oliy taʼlim muassasalari ishtirok etishdi.
Sharqona odob mohiyati Sharqona odob mohiyati
 Jamoada ishlayotgan faol, ibratli ayol professor-oʼqituvchilarni jalb qilgan holda talaba-qizlar oʼrtasida “Sharqona odob-axloq” va “Talaba-qizlar kelajak hayotga tayyormi?” mavzularida targʼibot ishlarini amalga oshirish maqsadida qator tadbirlar oʼtkazilmoqda.
Bobur yodi Bobur yodi
     Kuni kecha YeRB fakulteti 109- guruh talabalari bilan "Adiblar xiyoboni"da Boburni yod etib 540 yilligi munosabati bilan tadbir uyushtirdik.