Fakultet yangiliklari

"Yer resurslarini boshqarish" fakulteti bitiruvchi talabalariga Markaziy aerogeodeziya korxonasi direktori Omonov Akmaljon Solijonovich bilan YRB fakultet dekani Sh.Norboyev va Geodeziya va geoinformatika kadedrasi tomonidan uchrashuv tashkil etildi.
20.01.2020

Prezidentimiz "Korrupsiya jamiyat rivojiga g‘ov bo‘layotgan balo, illat" ekanini eslatarkanlar, bu mudhish illatni qanday yo‘l bilan ildizlarini quritish mumkinligi borasida hammamizga topshiriq va takliflar berayotganlari ham masalaning jiddiyligini, bu jamiyatimiz uchun katta xavf ekanligini bildiradi.
24.01.2020

2 - mart kuni "O'rmonxo'jaligi" qo'mitasi tomonidan archa va manzarali daraxtlar olib kelindi va “Yer resurslarini boshqarish” fakultetining tegishli maydonlarida ko'kalamzorlashtirish ishlari boshlandi.
03.03.2020

25 dekabr kuni Yunusobod tumanidagi 274 - umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilariga “Yoshlarni kasbga yo‘naltirish” mavzusida suhbat hamda “Qiziqarli matematika” bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.
26.12.2020

“Yer resurlarini boshqarish” fakulteti yosh stajyor o'qituvchilari bilan O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori texnika fanlari doktori, professor X.B.Alimovich va fakultet dekani bilan samimiy uchrashuv tashkil etildi.
19.12.2020

TIQXMMI XQK raisi yordamchisi Z.Xafizova va fakultet XQK a’zosi O.Ro‘ziqulovalar tomonidan “Qizlarjon” klubi ishini davom ettirish, qizlarni kasbga va hunarga o‘rgatish maqsadida navbatdagi yig‘ilish tadbiri o‘tkazildi.
17.12.2020

"Yer resurslarini boshqarish" fakultetiga qarashli 1-talabalar turar joyida talaba-yoshlar o'rtasida “Odob-axloq” va “Ijtimoiy-psixologik suhbat”mavzusi bo'yicha davra suhbati bo'lib o'tdi.
16.12.2020

“Yer resurslarini boshqarish” fakultetining bir guruh iqtidorli talabalari va 1-bosqich talabalari guruh murabbiy V.Axmadaliyev va fakultet dekani Sh.Narbayev bilan birgalikda Innovatsion rivojlanish vazirligining Innovatsion tadqiqotlar markaziga tashrif buyurishdi.
15.12.2020

Kuni kecha muhtasham Xalqlar do‘stligi san'at saroyida O‘zbekiston Respublikasi davlat Madhiyasi ko‘tarinki ruhda umumxalq bayrami darajasida nishonlandi.
12.12.2020

"Yer resurslarini boshqarish" fakulteti 1- kurs 103-guruh talabalari va guruh rahbari bilan birgalikda qatnashib yuqori natijalarga erishdilar. Tadbir so'ngida yoshlarga esdalik uchun sovg'a salomlar topshirildi.
05.12.2020

“Geoinformatika va kadastr sohasi” mavzusida 11-sinf o‘quvchilari bilan davra suhbati tashkil etildi...
06.02.2021

Davlatimiz tomonidan oilalarni mustahkamlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Radio, televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali bu borada turli tuman koʼrsatuv, eshittirish, maqola va hokazolarni eʼlon qilish orqali maʼnaviy ishlar olib borilmoqda.
24.02.2022

Joriy yilning 14 fevral kuni 5-TTJda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bag'ishlab "Qalbimizda mangu yashar buyuk siymolar" deb nomlangan adabiy-badiiy tadbir boʼlib oʼtdi.
25.02.2022

Alisher Navoiy turk dunyosi adabiyotining eng mashhur vakilidur. Chunki hech kim Oʼzbek adabiy tili va adabiyotining ravnaqi uchun ulardek xizmat qilgan emas.
26.02.2022

Bugun poytaxtimizdagi “Аdiblar xiyoboni”da buyuk shoir va mutafakkir Аlisher Navoiyning 581 yilligiga bagʼishlangan tadbir boʼlib oʼtdi. Unda ilm-fan namoyandalari, ziyolilar, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, adabiyotshunos olimlar, barcha oliy taʼlim muassasalar ishtirok etishdi.
26.02.2022

Bugun Mirzo Ulug‘bek tumani "Asaka" mahallasida mahalla faollari bilan “Yoshlarni ish bilan ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirish masalalari” bo'yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi
26.02.2022

Har bir millat oʼz istiqbolini kamolga yetayotgan yoshlari timsolida koʼradi. Shu bois mamlakatimizda istiqlol yillarida navqiron avlod oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini keng qaror toptirish, ularni turli zararli taʼsirlardan asrash, maqsadida barkamol inson sifatida tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
26.02.2022

Bugun "Yer resurslarini boshqarish" fakultetining iqtidorli va isteʼdodli talabalari bilan Zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv boʼlib oʼtdi. Ushbu tadbirni maqsadi, iqtidorli va intiluvchan yoshlarni Prezident va nomdor stipendiyalar hamda turli tanlovlar bilan tanishtirish, yoshlarda bu yoʼnalishda motivatsiya uygʼotishdan iboratdir.
26.02.2022