Fakultet yangiliklari

12 yanvar kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori Oʻ. Umurzakov va institut kasaba uyushmasining raisi F. Irisovlarning tashabbusi bilan institut talabalar turar joylarida yangi yil bayram dasturxoni tashkil etildi. Talabalarga bayram munosabati bilan osh tarqatildi.
14.01.2019

"Yer resurslarini boshqarish" fakulteti professor o'qituvchlari 14 yanvar - Vatan himoyachilar kuni munosabati bilan uyushtirilgan tabbirda ishtirok etishdi.
14.01.2019

"Yer resurslarini boshqarish" fakultetida ancha yillardan beri xizmat qilib kelayotgan Respublikamizga minglab shogirdlar yetkazgan Muqimov Abdug'ani ustozning 60 yoshga kirganligi munosabati bilan tabrik dasturxoni tashkil etildi.
14.01.2019

“Intellektual-2018” tanlovi 2018 yilning 15 dekabrida oʻtkazildi. Tanlovda kuyidagi nominatsiyalar boʻyicha talabalar qatnashishdi va gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi...
21.01.2019

25 yanvarda “Yer resurslarini boshqarish” fakultetining 3-bosqich talabalari, YERB fakultetining dekani dos. Sh. Narbayev, “Yerdan foydalanish” kafedrasi mudiri dos. A. Bobojonov va kafedralar oʻqituvchilari bilan birgalikda “Qarindoshlar orasidagi nikohlarni salbiy taʼsiri” mavzusida umumiy yigʻilish boʻlib oʻtdi.
26.01.2019

2019-yil 30-yanvar kuni “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti 1-bosqich 5-guruh talabalari guruh murabbiyi S. Sharipov boshchiligida O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishdi.
02.02.2019

1-fevral kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti «Yer resurslarin boshqarish» fakulteti, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosida ommaviy axborot vositalari hamda jamoatchiligi vakillari bilan hamkorlikda “Vatanparvarlik – oliy fazilat” mavzusida ma’naviy-marifiy tadbir bo`lib o`tdi.
02.02.2019

“Yer resurslarini boshqarish” fakulteti ma’ruzalar zalida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar o‘rtasida BMTning “Yoshlar huquqlari to‘g‘risida” gi konvensiya loyihasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
01.03.2019

1 - mart Oʻzbek xalqining sevimli adibasi, Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim tavallud topgan kuni munosabati bilan institutimiz talaba qizlari va fakultetlar xotin-qizlar kengashi raislari Adiblar xiyoboniga tashrif buyurishdilar. U yerda Shoira Zulfiyaxonimni eslab, Zulfiyaxonim haykali poyiga gullar qoʻyishdilar.
02.03.2019

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti erta tongdan institutimiz yoshlar ittifoqi Boshlangʻich tashkiloti tomonidan 8 mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan institutimizning barcha ayol va dilbar qizlarimizni bayram tabrigi sifatida kutib olishdi.
11.03.2019

TIQXMMI "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti 3 kurs talabalariga 2018-2019 o'quv yili kuzgi davrasida o'zining namunali xulqi hamda fanlarni o'z vaqtida o'zlashtirgan talabalarga institutimiz rektori nomidan fakultet dekani Sh.Narbayev va guruh rahbari O'. Islomovlar tomonidan talabalarga tashakkurnomalar topshirildi.
19.03.2019

Joriy yilning 25 mart kuni AL-312 xonasida “Yer resurslarini boshqarish» fakulteti talabalari oʻrtasida “Kartografiya” boʻyicha fan olimpiadasining 1-bosqichi boʻlib oʻtdi.
26.03.2019

O'zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi tomonidan 27 mart kuni "Yuqori darajadagi amaliyot" seminari tashkillashtirildi.
27.03.2019

Qishloq va suv xo'jaligining zamonaviy muammolarini yechish maqsadida ilmiy-uslubiy va huquqiy asoslarini takomillashtirish hamda kadrlarni tayorlash borasida yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy izlanishlarini qo'llab -quvvatlash maqsadida institutimizda 28-29 - mart kunlari ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o'tmoqda.
29.03.2019

2 - aprelida ko'p yillar mobaynida Respublikamiz xalq xo‘jaligiga minglab shogirdlar tayyorlab bergan "Geodeziya va geoinformatika" kafedrasi katta o'qituvchisi ustoz Rajapboyev Maqsudning tavallud topgan kunlari munosabati bilan institutimiz rektori nomidan va fakultemiz dekani va talabalari chindildan tabriklashdi.
03.04.2019

“Yer resurslarini boshqarish” fakultetining professor-o‘qituvchilari, jumladan, A.Bobojonov, I.Musaev, A.Jumanov fakultet dekani Sh.Narbaev hamda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova tashabbusi bilan “Mustaqillik” mahallasi hamkorlikda “Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik fuqarolar hamjihatligining asosi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
08.04.2019

"Yer resurslarini boshqarish" fakultetida “Biz radikalizm, missionerlik va prozelitizmga qarshimiz” mavzusida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
08.04.2019

"Yer resurslarini boshqarish" fakultetining professor-o‘qituvchilari, jumladan A.Bobojonov, S.Sharipov, N.Mirjalolov fakultet dekani Sh.Narbaev, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova tashabbusi bilan Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 320-maktabga tashrif buyurishdi.
09.04.2019

“Geodeziya va geoinformatika” fanidan “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi katta o’qituvchisi Muxitdinov Jamolitdin Kamolitdinovich rahbarligida "Gidromelioratsiya" fakultetining 107-guruh talabalari uchun ochiq dars tashkil etildi.
11.04.2019