Fakultet yangiliklari

Davlat satira teatriga tashrif Davlat satira teatriga tashrif
2021 yilning 15 dekabrida “Yer resurslarini boshqarish” fakultetining 404-guruhi talabalari murabbiy A.Muqumov boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligining O‘zbekiston Davlat satira teatriga tashrif buyurdilar.
Hamkorlik aloqalari bo‘yicha shartnoma Hamkorlik aloqalari bo‘yicha shartnoma
2021 yil 13-dekabr kuni soat 15-00da Yer resurslarini boshqarish fakulteti professor - o’qituvchilari, doktorant, magistrantlari hamda talabalar ishtirokida          2021 yil 25 sentyabrdagi 50-sonli Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasida tuzilgan o‘zaro hamkorlik aloqalari bo‘yicha shartnomaga asosan, “Yer islohotlarining huquqiy asoslari va ularning yer munosabatlarini takomillashtirishdagi roli va vazifalari” mavzusidagi  seminar trening bo’lib o’tdi.
3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni 3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni
3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni sifatida Respublikamizda keng nishonlanishi, hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan kuchli va manzilli ijtimoiy himoya siyosatining yaqqol isbotidir.
Odob axloq kodeksining mazmun mohiyati Odob axloq kodeksining mazmun mohiyati
Xotin - qizlarning jamiyatdagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalarda va mehnat turlaridagi faoliyatini kuchaytirishda, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, hamda jamoat ishlarini olib borish bugungi kunda ustuvor vazifalardan biridir.
Zulfiyaxonimni yod etib Zulfiyaxonimni yod etib
Bugun bahorning ilk kuni. Bu sana xalqimizning taniqli shoirasi Zulfiya Isroilova tavallud topgan kun ekanligi bilan yanada ahamiyatlidir. Taniqli jamoat arbobi, sadoqat va vafo kuychisi, Oʼzbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonimning 107 yilligi yurtimiz boʼylab keng nishonlanmoqda.
Bahorning ilk kunida ochilgan chechak Bahorning ilk kunida ochilgan chechak
Bahorning ilk kunida bahor va muhabbat kuychisi, nafosat sohibasi, she'riyat malikasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiyaxonimning 107 - yilligini nishonlash uchun adiba haykali poyiga borib gullar qo'yildi. Uning she'riyatida mehnat mavzusi ustun o'rin egallaydi.
Bayramingi muborak boʼlsin lobar qizlar Bayramingi muborak boʼlsin lobar qizlar
Oilani ham, jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayzu barokat kiritadigan xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida moʼtabar onalarimiz, munis opa- singillarimizdir. Shu sabali ham 8-martni aynan ayollarimiz kuni yaʼni Halqaro xotin-kizlar kuni deb, keng nishonlaymiz. Ushbu bayram bugungi kunda yurtimizda keng nishonlanmoqda. Bugun Yer resurslarini boshqarish fakulteti talaba-qizlarga ham bayram munosabati bilan unversitetimiz rektori hurmatli professor, B.Mirzaev tomonidan yoʼllangan bayram tabrigi oʼz egalariga topshirildi. Chindan ham qizlarimizning oila- jamiyatda tutgan oʼrni beqiyos. Oqila goʼzal ayollar oʼzlarining gʼamxoʼrligi, mehribonligi, qalbi daryoligi bilan oiladagi, qolaversa, butun jamiyatdagi muvozanatni, poklik, halollik, samimiyat va adolat muhitini saqlab turadilar. Ulugʼ donishmandlar Vatanga eng munosib taʼrif izlaganda, uni Ona siymosiga qiyos etganlarida katta maʼno bor. Dunyoda «muqaddas» degan soʼzga eng munosib zot ham – Onadir. Darhaqiqat, Onani qizlarni eʼzozlash– bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga koʼtarilgan fazilat. Chunki ayollarni qancha ulugʼlasak, hayotimizning chirogʼi, umrimizning guli deb eʼzozlasak, demakki, oilamizni Vatanimizni eʼzozlagan boʼlamiz. Yana bir bor barcha qizlarimizni bayramlari bilan tabriklaymiz.   YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
Qizlar davrasi - gullar davrasi Qizlar davrasi - gullar davrasi
"Yer resurslarini boshqarish" fakulteti talaba-qizlari joylashgan 4 talabalar turar joyida boʼlib oʼtgan “Qizlar davrasi” bahorning ilk darakchilari – boychechaklar bazmini eslatdi. 
Qizlar davrasi - gullar davrasi Qizlar davrasi - gullar davrasi
Qizlarni bahorga qiyoslashadi. Faqat bahorgina oʼzbek qizlarida bor goʼzallikni takrorlaydi. "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti talaba-qizlari joylashgan 4 talabalar turar joyida boʼlib oʼtgan “Qizlar davrasi” bahorning ilk darakchilari – boychechaklar bazmini eslatdi.
Korrupsiyaga qarshi kurash omillari Korrupsiyaga qarshi kurash omillari
Joriy yilning 10 - mart kuni "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti jamoasi bilan universitetning Korrupsiyaga qarshi kurash va komplains nazorat tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i A.Gapparov ishtirokida “Ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurash - davr talabi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Barchamizga ma’lumki, korruptsiya – bu jamiyatni turli yoʼllar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir.
Jaholatga qarshi – maʼrifat yolqini Jaholatga qarshi – maʼrifat yolqini
Imoni butun, ruhi pok, irodasi baquvvat, vijdoni uygʼoq odamni aslo yengib boʼlmaydi. Аna shunday fazilatlarga ega butun bir xalqning qudratini tasavvur etish qiyinmas. Bugun bizni turli axborot vositalari, xususan, internet saytlarining xavfi, “ommaviy madaniyat”ning salbiy oqibatlari koʼproq tashvishga solmoqda.
Maktab bitiruvchilarining fakultet boʻylab sayohati Maktab bitiruvchilarining fakultet boʻylab sayohati
Joriy yilning 12 - mart kuni Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani 36-oʻrta taʼlim maktab bitiruvchi sinf oʻqiuvchilari unversitetimizga tashrif buyurishdi.
Tashabbuskor talabalar taqdirlanishdi Tashabbuskor talabalar taqdirlanishdi
Bugungi kunda yoshlarimiz bir qator yaxshi gʼoyalar, loyihalarni amalga oshirmoqdalar. Ular orasida har tomonlama isteʼdodli yoshlarimiz ham juda koʼp. Bugun ana shunday iqtidorli, tashabbuskor talaba-yoshlarni ragʼbatlantirish, maqsadida "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti faollar zalida taqdirlash marosimi oʼtkazildi.
Birinchi tashabbus ijrosi Birinchi tashabbus ijrosi
"Yer resurslarini boshqarish" fakultetidagi tadbir e'tiborga molik bo‘ldi. Unda Toshkent transport universiteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini F.Islomovna va Buxoro davlat unversiteti talabasi Z.Raxmatovalar oʼzlarining ijodiy minatyura asarlari bilan tashrif buyurishdi.
Muammo bu - imkoniyat Muammo bu - imkoniyat
Joriy yilning 25 - mart kuni YeRB fakulteti 203-205 -guruh talabalari bilan fakultet tyutorlari S.Ibragimova, M.Vafoyeva va universitet psixologi M.K. Muxamedovalar "Mantiqiy fikrlash orqali muammolardan xalos bo'lish" mavzusida tadbir o'tkazishdi.
Sport bizni birlаshtirаdi Sport bizni birlаshtirаdi
Hammamizga maʼlumki, bugungi kunda hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, Respublikamizda mavjud barcha oliy taʼlim muassasalarida sport bilan shugʼullanishga barcha shart-sharoitlar mavjud. Ushbu sharoitlardan unumli foydalanish talabalarning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti dekani Sh.Narbaev va yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova, fakultet yoshlar ittifoqi yetakchisi H.Tojiboyev hamda futbol bo‘yicha fakultetda komanda sardori Yusufjon Abdullaevlar tashabbuslari bilan 1 kurs talaba-yoshlar oʼrtasida “Sport sogʼliq garovi” shiori ostida “Dekan kubogi” sport haftaliga start berildi.
El va inson azizligini his etib El va inson azizligini his etib
Istiqlolning sharofati mamlakatimiz uchun keng imkoniyatlar darvozasini ochdi. Jumladan, ilm-fan, ta’lim va sport sohasidagi erishilayotgan muvaffaqiyatlarning garvi ham mustaqilligimiz nashidasidir. Prezidentimiz boshchiligida o‘tkazilgan Davlat mustaqilligining 31 yilligi shodiyonalarida bular alohida e’tirof etildi.
Psixolog va YERB fakulteti talabalari uchrashuvi Psixolog va YERB fakulteti talabalari uchrashuvi
Joriy yilning 9 sentyabr kuni YeRB fakulteti tyutori D. Egamova o'ziga biriktirilgan talabalar bilan o'quv binolari va u yerda ishlaydigan xodimlar bilan tanishtirish maqsadida psixolog xonasiga tashrif buyurishdi.
Встреча психологов и студентов факультета ЕРБ Встреча психологов и студентов факультета ЕРБ
Университетский психолог М.К. Мухамедова познакомила студентов с тем, что такое служба психолога и чем она занимается. В каких ситуациях можно обратиться к психологу, в каких случаях беседа между клиентом и психологом может быть конфиденциальной, при депрессии, стрессе, психологических проблемах можно обратиться к психологу
Talabalik faxri Talabalik faxri
9 sentyabr kuni YeRB fakulteti 1- bosqich talabalari bilan oliygoh hududi bo‘ylab sayohat uyushtirildi.